Tibbiyot brigadasi hamshirasi

Kasb (mutaxassislik) kodi va nomi 40910206- Kvalifikatsiya(lar) nomi: 1. Patronaj hamshirasi 2. Amaliyotchi hamshira

Bizning

Tibbiyot brigadasi hamshirasi

Kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda tanlangan kvalifikatsiyalar sonidan kelib chiqib o‘qish muddati belgilanadi. Bu guruhlarda kasb doirasida beriladigan kvalifikatsiyalardan birortasini muvaffaqqiyatli o‘zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom beriladi va mehnat bozorida ishlash huquqi beriladi. Egallanmagan kvalifikatsiyalarni qayta o‘zlashtirishga ruxsat beriladi va mazkur kvalifikatsiyani muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga belgilangan tartibda sertifikat beriladi.

40910206-Tibbiyot brigadasi hamshirasi mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim oluvchi quyidagi faoliyat turlariga tayyorlanadi:

Patronaj-amaliyotchi hamshira kvalifikatsiyasi bo‘yicha:

kasalliklarni oldini olish, kasallikni erta aniqlash va parvarishlash; ¬ aholini sog‘lomlashtirishda faol ishtirok etish; ¬ hamshira faoliyatiga kiruvchi asosiy ko‘nikma hamda muolajalarni amalga oshirish; ¬ bemorlarga yo‘naltirilgan hamshiralik ishini amalga oshirish; ¬ aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilgan holda tibbiy muolajalarni bajarish; hamshiralik yozuvlarini yuritish; ¬ dorixonaga talabnoma to‘ldirish; ¬ yotoq yaralarning oldini olishni; ¬ bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori moddalar bilan ishlash; ¬ dori moddalariga sinama o‘tkazish va bemorni kuzatish; ¬ hayotiy zarur ko‘rsatkichlarni o‘lchash (puls, arterial bosim, tana xarorati, nafas harakatlari); ¬ bemorning tana holatini o‘zgartirish; ¬

Patronaj-amaliyotchi hamshira kvalifikatsiyasi bo‘yicha:

tozalikni saqlashda ko‘maklashish (terini parvarish qilish, ko‘z, quloq, burun, soch, qo‘l va oyoq gigiyenasi); ¬ kiyim va o‘rin ko‘rpa oqliklarini almashtirish; ¬ bemorni og‘iz, burun, quloq, ko‘zlarini tozalash; ¬ profilaktika emlash ishlarini tashkillash; ¬ shaxsiy gigiyena talablarini bajaralishini nazorat qilish; ¬ sog‘lom ovqatlanishni tashkillash; ¬ fiziologik rivojlanishni nazorat qilib borish; ¬ sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va aholini tibbiy ongini o‘stirish; ¬ bemor va uning oilasiga sog‘liqni saqlashni o‘qitish; ¬ turli kasalliklarda reabilitisiya muolajalarini amalga oshirish.

Savollar bormi?

+998(75) 221-12-42

Texnikum faoliyatining asosiy maqsadi
Texnikum faoliyatining asosiy maqsadi - Mehnat bozorida raqobatbardosh, iqtisodiyot tarmoqlarida samarali ishlashga qodir, malakali kadrlar tayyorlash hamda kasbiy taʼlim dasturlarini joriy qilish orqali turli yoshdagi shaxslarning “Hayot davomida taʼlim olish” tamoyili asosida taʼlim olishga boʻlgan talablarini qondirishdir.
Mutaxassisliklar
0 +
O'qituvchilar
0 +
Kitoblar. Umumiy fond
0 +
Kafedra
0

Oʻquv tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish

oʻquvchilar oʻqitish kurslari boʻyicha guruhlarga, oʻqitish yoʻnalishi boʻyicha esa boʻlimlarga birlashtiriladi;

guruhlarda oʻquvchilar soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan meʼyorlar asosida shakllantiriladi;

oʻquv yilining boshlanishi, tugallanishi, haftalik yuklama, taʼtillarning muddati, davomiyligi, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayoni yakunlarini belgilash shakllari, amaliyot turlari va yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi hamda taʼlim jarayoniga tegishli boshqa talablar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejalari va boshqa normativ hujjatlar asosida belgilanadi;

texnikumda barcha turdagi oʻquv mashgʻulotlari davomiyligi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi;

texnikumda oʻqitish kursi tugagandan keyin nazoratlarning yakuniy natijalari asosida oʻquvchini navbatdagi kursga oʻtkazish, kursda qoldirish, oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Oʻquvchilarni kursdan kursga oʻtkazish, oʻqishdan chetlashtirish, kursda qoldirish pedagogik kengashning qarori va texnikum direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi;

oʻquvchilarni texnikumda oʻqitish taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan oʻzaro hamkorligi asosida quyidagicha amalga oshiriladi:

texnikum oʻquvchilarining muassasa va tashkilotlarda tizimli asosda ishlab chiqarish amaliyot oʻtashi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ish beruvchilarni oʻquv jarayoniga foydalaniladigan oʻquv-normativ hujjatlarni ishlab chiqishga jalb etish;

bevosita ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonlarida ishtirok etishga qodir boʻlgan kadrlarni tayyorlash maqsadida oʻquv jarayoniga innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni qoʻllab, texnikum hamda muassasa va tashkilotlarning oʻzaro yaqin hamkorligini taʼminlash;

oʻquvchilarning oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi;

oʻquv reja va fan dasturlarining barcha talablarini bajargan oʻquvchi texnikum pedagogik kengashining qarori va direktorning buyrugʻi bilan Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlariga qoʻyiladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi;

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi qarori bilan taʼlim olgan mutaxassisligi (kasbi) va egallagan malakasi (malakalari) koʻrsatilgan holda davlat namunasidagi diplom beriladi;

Diplomga oʻzlashtirilgan fanlar roʻyxati, oʻtilgan soatlar hajmi, ularni oʻzlashtirish darajasi (baholar) va Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari koʻrsatilgan qoʻshimcha varaq ilova qilinadi;

texnikumni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom egallangan bilimlarni mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi;

oʻquv jarayoni shakli ilmiy asoslangan innovatsion vosita va oʻqitish usullarini tanlash asosida tashkil etiladi;

oʻquv jarayoniga yoʻnalishlar boʻyicha olim va mutaxassislar jalb qilinadi. Texnikumda oʻqituvchilarning oʻquv-metodik va ilmiy ijod qilishlari uchun sharoit yaratiladi va ragʻbatlantiriladi.