Tanlovda 40 yoshgacha bo‘lgan talabalar, o‘qituvchilar va amaliyotchi muhandislar ishtirok etmoqda. Ular alohida 3 toifada baholanadi.
Joriy yilda tanlov.muhandis.edu.uz platformasi orqali 1262 ta ariza qabul qilindi. Saralash bosqichda 1055 ta ariza texnik ekspertizadan o‘tdi va 135 nafar ishtirokchi yakuniy bosqichga yo‘llanma oldi.
Yakuniy bosqich “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z g‘oya, loyiha va ixtirolarini Tashkiliy qo‘mita a’zolari va soha mutaxassislaridan iborat komissiya oldida himoya qilmoqda.
Tanlovning barcha jarayonlari shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



