Umumiy ma’lumotlar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

Umumiy ma'lumotlar

Texnikum – Milliy malakalar ramkasining 3, 4 va 5 darajalariga mos keluvchi boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan taʼlim tashkiloti hisoblanadi.

Texnikum Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufida faoliyat koʻrsatadi.

Texnikumlar oliy ta’lim tashkilotlariga biriktiriladi. Oliy ta’lim tashkilotlari texnikumlarning ta’lim jarayoniga o‘quv-metodik hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilashga ko‘maklashadi.

Texnikum faoliyatining asosiy maqsadi - Mehnat bozorida raqobatbardosh, iqtisodiyot tarmoqlarida samarali ishlashga qodir, malakali kadrlar tayyorlash hamda kasbiy taʼlim dasturlarini joriy qilish orqali turli yoshdagi shaxslarning “Hayot davomida taʼlim olish” tamoyili asosida taʼlim olishga boʻlgan talablarini qondirishdir.

Quyidagilar texnikumning asosiy vazifalari hisoblanadi: iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab yuqori boʻlgan tor doiradagi va sohaviy kasb va mutaxassisliklar boʻyicha tizimli fikrlash, ish yuritish, zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash koʻnikmalariga ega hamda xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar tayyorlash;

ish beruvchilarning talab va takliflariga asosan kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur boʻlgan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda ushbu jarayonda hamkor ish beruvchi tashkilotlar faol ishtirok etishlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;

egallagan kasb yoki mutaxassislik boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan, yuqori darajada sifatli bilim olishni va kasbiy tayyorgarlikni taʼminlash;

tanlab olingan kasb yoki mutaxassislik boʻyicha bir yoki bir necha kvalifikatsiyani egallash jarayonida oʻquvchilarning kasbiy layoqat, koʻnikma va malakalarini oshirish;

mutaxassislarni tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat va zamonaviy innovatsion texnika yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish;

oʻquvchilarda vatanparvarlik, milliy oʻzlikni anglash, xalqning milliy, madaniy, tarixiy anʼanalariga hurmat, Vatan bilan gʻururlanish va iftixor tuygʻusini shakllantirish;

oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullaridan foydalangan holda kamol toptirish;

davlat taʼlim standartlari talablariga koʻra oʻquvchilar egallashi lozim boʻlgan malaka va koʻnikmalarni oʻquvchilar ongiga singdirish;

oʻqituvchi, taʼlim oluvchilarning sogʻligʻini muhofaza qilish, sogʻlom turmush tarzini joriy etish, ularning bilim olishi, turmushi va dam olishi uchun yеtarli shart-sharoitlar yaratish;

tegishli taʼlim darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlash uchun zarur moddiy-texnika, oʻquv-metodik bazani yaratish va oʻquv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etib borish.

Texnikumda: vatanparvarlik va milliy mustaqillik gʻoyalariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshishga qodir shaxsni tarbiyalash oʻquv jarayoni bilan uzviy ravishda oila, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa jamoat tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladi;

yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy, milliy gʻoyalarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustaqil dunyoqarashga va fikrlashga ega boʻlgan maʼnaviy boy va har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishda milliy-madaniy, tarixiy anʼanalarga, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli xil shakllari qoʻllaniladi;

oʻquvchilarda kasbiy taʼlim tashkiloti va tanlagan kasbni egallash boʻyicha berilgan imkoniyatlardan gʻururlanish hissini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqiladi;

oʻquvchilar oʻqitish kurslari boʻyicha guruhlarga, oʻqitish yoʻnalishi boʻyicha esa boʻlimlarga birlashtiriladi;

guruhlarda oʻquvchilar soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan meʼyorlar asosida shakllantiriladi;

oʻquv yilining boshlanishi, tugallanishi, haftalik yuklama, taʼtillarning muddati, davomiyligi, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayoni yakunlarini belgilash shakllari, amaliyot turlari va yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi hamda taʼlim jarayoniga tegishli boshqa talablar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejalari va boshqa normativ hujjatlar asosida belgilanadi;

texnikumda barcha turdagi oʻquv mashgʻulotlari davomiyligi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi;

texnikumda oʻqitish kursi tugagandan keyin nazoratlarning yakuniy natijalari asosida oʻquvchini navbatdagi kursga oʻtkazish, kursda qoldirish, oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Oʻquvchilarni kursdan kursga oʻtkazish, oʻqishdan chetlashtirish, kursda qoldirish pedagogik kengashning qarori va texnikum direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi;

oʻquvchilarni texnikumda oʻqitish taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan oʻzaro hamkorligi asosida quyidagicha amalga oshiriladi:

texnikum oʻquvchilarining muassasa va tashkilotlarda tizimli asosda ishlab chiqarish amaliyot oʻtashi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ish beruvchilarni oʻquv jarayoniga foydalaniladigan oʻquv-normativ hujjatlarni ishlab chiqishga jalb etish;

bevosita ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonlarida ishtirok etishga qodir boʻlgan kadrlarni tayyorlash maqsadida oʻquv jarayoniga innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni qoʻllab, texnikum hamda muassasa va tashkilotlarning oʻzaro yaqin hamkorligini taʼminlash;

oʻquvchilarning oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi;

oʻquv reja va fan dasturlarining barcha talablarini bajargan oʻquvchi texnikum pedagogik kengashining qarori va direktorning buyrugʻi bilan Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlariga qoʻyiladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi;

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi qarori bilan taʼlim olgan mutaxassisligi (kasbi) va egallagan malakasi (malakalari) koʻrsatilgan holda davlat namunasidagi diplom beriladi;

Diplomga oʻzlashtirilgan fanlar roʻyxati, oʻtilgan soatlar hajmi, ularni oʻzlashtirish darajasi (baholar) va Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari koʻrsatilgan qoʻshimcha varaq ilova qilinadi;

texnikumni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom egallangan bilimlarni mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi;

oʻquv jarayoni shakli ilmiy asoslangan innovatsion vosita va oʻqitish usullarini tanlash asosida tashkil etiladi;

oʻquv jarayoniga yoʻnalishlar boʻyicha olim va mutaxassislar jalb qilinadi. Texnikumda oʻqituvchilarning oʻquv-metodik va ilmiy ijod qilishlari uchun sharoit yaratiladi va ragʻbatlantiriladi.

  1. Texnikumga oʻqishga qabul qilingan fuqaro ushbu kasbiy taʼlim tashkiloti oʻquvchisi hisoblanadi.
  2. Oʻqishda erishgan yutuqlari, oʻquv-ishlab chiqarish, ijodiy faoliyat va texnikumning boshqa ishlarida faol qatnashgan oʻquvchilarga moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishning turli xil shakllari qoʻllaniladi.
  3. Texnikum oʻquvchilari:

Kasbiy taʼlim tashkiloti faoliyatiga doir masalalarni muhokama va hal etishda bevosita yoki bilvosita (mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlari orqali) ishtirok etish;

belgilangan tartibda kasbiy taʼlim tashkilotlari maʼmuriyatining buyruqlari ustidan shikoyat qilish;

taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlimni davom ettirishini toʻxtatish boʻyicha kasbiy taʼlim tashkiloti rahbariyatiga murojaat qilish;

axborot-kutubxona, kasbiy taʼlim tashkilotining oʻquv, ijtimoiy, davolash va boshqa boʻlinmalari xizmatlaridan kasbiy taʼlim tashkiloti ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;

kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan turli koʻrik tanlovlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;

ish beruvchilar tomonidan tavsiya qilingan ish joylarida ishlash boʻyicha murojaat qilish;

taʼlim olishda kasbiy taʼlim dasturlarida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan huquqlardan foydalanish huquqiga ega.

Texnikum oʻquvchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

  1. Texnikum oʻquvchilari:

Davlat taʼlim standartlarida belgilangan talablarni oʻquvchilar belgilangan muddatlarda bajarishi hamda bilim va koʻnikmalarni egallashga;

uzrsiz sabablarga koʻra dars mashgʻulotlarini qoldirmaslik;

ushbu Ustavga, texnikumning ichki tartib-qoidalariga, odob-axloq qoidalariga hamda oʻquv intizomiga rioya qilishga;

texnikum binolari va uning mol-mulkini asrab-avaylashga;

toʻlov-kontrakt boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarishga;

kasbiy taʼlim tashkiloti hududida uyali telefonlardan foydalanishni tartibga soluvchi tegishli ichki tartiblarga rioya qilishga majburdir.

Texnikum oʻquvchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.