Qashqadaryo viloyatida 60-yillarning ikkinchi yarmida Qarshi cho’lini o’zlashtirish ishlari boshlanib, Qarshida sog’liqni saqlash muassasalarining yangidan yangi tarmoqlari paydo bo’ladi. Viloyatda bolalar shifoxonalarining soni ham oshib boradi. Bu esa, o’z navbatida, shu sohaning mutaxassislari-feldsher, akusher, hamshiralar bilan bir qatorda bolalar hamshirasi, feldsher laborant va sanitar feldsherlar bo’limlarini ham taqozo qilar edi. Bilim yurti rahbariyati ana shu ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, 1966 yilda bolalar hamshirasi bo’limi, 1968 yilda feldsher laborantlik bo’limi, 1970 yilda sanitar feldsher bo’limi, 1984 yilda hamshiralik ishi kechki bo’limi 1992 yilda tish texnigi bo’limi ham vujudga keladi.
Bilim yurti faqatgina mutaxassislik turlari jixatidan kengayib qolmasdan, o’quv binolari va o’quv xonalari bilan qo’shimcha ravishda taminlana bordi.
1981 yil Qarshi tibbiyot bilim yurti Bahodir Aminov tashabbusi bilan shaharning mamuriy hududiga yaqin bo’lgan binoga o’tdi. Unda 3 ta o’quv binolari majmui bo’lib, 2, 3-binolar avval bu yerda joylashgan politexnikum bilim yurtiga xos jihozlangan edi. Shu bois, binolardagi texnika bilan bog’liq asbob-uskunalar o’rniga tibbiyot sohasiga bevosita bog’liq jihozlar talab qilinar edi. Yangi binoni tibbiyot bilimgoxi uchun moslashtirish katta mehnat va mablag’ talab qilardi. Eng muhimi, o’quv-uslubiy va tarbiyaviy ishlar davr talabiga ko’ra qayta yo’lga quyiladi. Bunda asosan o’quv xonalari va laboratoriyalarni zamon talabiga muofiq jihozlashga alohida ahamiyat berildi.
Bugungi kunda tibbiyot tehnikumi o’quv binosi yonida yana bir qancha talabalarga qulaylik tug’diradigan majmualar ishlab turibdi. Bilim yurtining o’quv binolari, umuman u egallab turgan jami hudud 3,4 ga ni tashkil qiladi. Bilim yurtining old qismi katta did bilan bezatilgan. O’quv binolarining umumiy maydoni 0,8 gektarga teng. Hovli o’rtasida sport maydonchalari aniq o’lchamlar bilan chiroyli qilib bir biridan ajratilgan. Hovlining to’r qismida esa bilim yurtining omborxonalari, texnik vositalar uchun garajlar joylashgan.
+998(75) 221-12-42
Mehnat bozorida raqobatbardosh, iqtisodiyot tarmoqlarida samarali ishlashga qodir, malakali kadrlar tayyorlash hamda kasbiy taʼlim dasturlarini joriy qilish orqali turli yoshdagi shaxslarning “Hayot davomida taʼlim olish” tamoyili asosida taʼlim olishga boʻlgan talablarini qondirishdir.
iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab yuqori boʻlgan tor doiradagi va sohaviy kasb va mutaxassisliklar boʻyicha tizimli fikrlash, ish yuritish, zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash koʻnikmalariga ega hamda xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar tayyorlash;
ish beruvchilarning talab va takliflariga asosan kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur boʻlgan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda ushbu jarayonda hamkor ish beruvchi tashkilotlar faol ishtirok etishlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
egallagan kasb yoki mutaxassislik boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan, yuqori darajada sifatli bilim olishni va kasbiy tayyorgarlikni taʼminlash;
tanlab olingan kasb yoki mutaxassislik boʻyicha bir yoki bir necha kvalifikatsiyani egallash jarayonida oʻquvchilarning kasbiy layoqat, koʻnikma va malakalarini oshirish;
mutaxassislarni tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat va zamonaviy innovatsion texnika yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish;
oʻquvchilarda vatanparvarlik, milliy oʻzlikni anglash, xalqning milliy, madaniy, tarixiy anʼanalariga hurmat, Vatan bilan gʻururlanish va iftixor tuygʻusini shakllantirish;
oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullaridan foydalangan holda kamol toptirish;
davlat taʼlim standartlari talablariga koʻra oʻquvchilar egallashi lozim boʻlgan malaka va koʻnikmalarni oʻquvchilar ongiga singdirish;
oʻqituvchi, taʼlim oluvchilarning sogʻligʻini muhofaza qilish, sogʻlom turmush tarzini joriy etish, ularning bilim olishi, turmushi va dam olishi uchun yеtarli shart-sharoitlar yaratish;
tegishli taʼlim darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlash uchun zarur moddiy-texnika, oʻquv-metodik bazani yaratish va oʻquv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etib borish.
(75) 221-12-42