Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov esa o‘z chiqishida ta’lim tizimidagi mavjud korrupsion xavf-xatarlar, ularni bartaraf etishning huquqiy asoslari va institutsional yondashuvlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, u agentlik tomonidan olib borilayotgan tahlillar va monitoring natijalari asosida aniqlangan kamchiliklar haqida so‘z yuritib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Abdulhakim Eshmurodov yig‘ilishda so‘zga chiqib, ta’lim tizimida huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi qonunchilikni kuchaytirish va mas’ul shaxslarning shaxsiy javobgarligini oshirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar bilan ishtirok etdi. Senat qo‘mitasi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan nazorat ishlari hamda tizimli yondashuvlar haqida ham ma’lumot berildi.
Yig‘ilishda shuningdek, Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev va Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Ahmad Reymov fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Yig‘ilish yakunida vazir Qong‘irotboy Sharipov tomonidan oliy ta’lim muassasalarida shaffof va samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilanib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



