Dastlab Sirdaryo tuman politexnikumi va transport texnikumiga borib, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab Buyuk Britaniyaning “Pearson” xalqaro ta’lim dasturi asosida joriy etilayotgan yangi loyihalar, qabul jarayonlari, shuningdek, politexnikum hududida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bilan tanishdi.
Shundan so‘ng, Guliston davlat universitetida Prezident qarori asosida bitiruvchilarning ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan “Kelajakka qadam” markazi faoliyati bilan tanishdi. Universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlarining amalga oshirayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlari tinglandi.
Vazir o‘rinbosari Sirdaryo viloyati “O‘zmilliybank”, Bandlik boshqarmalari vakillari hamda bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning ishga joylashish, kasbiy rivojlanish, shuningdek o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish borasidagi fikr va takliflarini tingladi.
Uchrashuv yakunida bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



