Davolash ishi

Kasb (mutaxassislik) kodi va nomi 50910204- Kvalifikatsiya(lar) nomi: Feldsher

Bizning

Davolash ishi

Kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar hisobidan shakllantirilgan guruhlarda tanlangan kvalifikatsiyalar sonidan kelib chiqib o‘qish muddati belgilanadi. Bu guruhlarda kasb doirasida tanlangan kvalifikatsiyalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan shaxslarga belgilangan namunadagi diplom beriladi va mazkur diplom bilan shu kasb bo‘yicha mehnat bozorida ishlash huquqiga ega bo‘ladi. Egallanmagan kvalifikatsiyalarni qayta o‘zlashtirishga ruxsat beriladi va mazkur kvalifikatsiyani muvaffaqiyatli o‘zlashtirganlarga belgilangan tartibda diplom beriladi.

Ta’limni davom ettirish imkoniyatlari.

Mazkur ta’lim dasturi bo‘yicha bitiruvchilar keyinchalik kasbiy ta’limini chuqurlashtirish maqsadida:

kadrlar malakasini oshirish tizimida, tarmoq o‘quv muassasalarida va maxsus kurslarida malakani oshirishi;

kasbiy faoliyatning tegishli sohasida yanada yuqoriroq malakaga erishish maqsadida oliy ta’lim muassasasida o‘qishni davom ettirishi mumkin.

Bitiruvchining kasbiy faoliyat sohasi:

-mulkchilik shaklidan qat’iy nazar shifokor laborant nazorati ostida va mustaqil ravishda aholiga kasalliklar profilaktikasi hamda bemorlarga buyurilgan tekshiruv va davo muolajalarini olib borish bo‘yicha sog‘liqni saqlash tizimi barcha muassasalarida mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilgan holda bajarish

Kasbiy faoliyati tavsifi

“Davolash ishi”mutaxassisi barcha turdagi respublika, viloyat, shaharva qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalari, davolash profilaktika muassasalari, ilmiy tekshirish aboratoriyalarida, qon quyish stansiyalari, yuqumli kasalliklar shifoxonalari, sil kasalliklari shifoxonalari, OITSga qarshikurashmarkazlarida, klinik, mikrobiologik, immunologik, bioximik, gematologik, gistologik, sitologik, gigienik, bakteriologik laboratoriyalarida va nur va funksional diagnostika xonalarida faoliyat yuritadi.

Savollar bormi?

+998(75) 221-12-42

Texnikum faoliyatining asosiy maqsadi
Texnikum faoliyatining asosiy maqsadi - Mehnat bozorida raqobatbardosh, iqtisodiyot tarmoqlarida samarali ishlashga qodir, malakali kadrlar tayyorlash hamda kasbiy taʼlim dasturlarini joriy qilish orqali turli yoshdagi shaxslarning “Hayot davomida taʼlim olish” tamoyili asosida taʼlim olishga boʻlgan talablarini qondirishdir.
Mutaxassisliklar
0 +
O'qituvchilar
0 +
Kitoblar. Umumiy fond
0 +
Kafedra
0

Oʻquv tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish

oʻquvchilar oʻqitish kurslari boʻyicha guruhlarga, oʻqitish yoʻnalishi boʻyicha esa boʻlimlarga birlashtiriladi;

guruhlarda oʻquvchilar soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan meʼyorlar asosida shakllantiriladi;

oʻquv yilining boshlanishi, tugallanishi, haftalik yuklama, taʼtillarning muddati, davomiyligi, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayoni yakunlarini belgilash shakllari, amaliyot turlari va yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi hamda taʼlim jarayoniga tegishli boshqa talablar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejalari va boshqa normativ hujjatlar asosida belgilanadi;

texnikumda barcha turdagi oʻquv mashgʻulotlari davomiyligi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi;

texnikumda oʻqitish kursi tugagandan keyin nazoratlarning yakuniy natijalari asosida oʻquvchini navbatdagi kursga oʻtkazish, kursda qoldirish, oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Oʻquvchilarni kursdan kursga oʻtkazish, oʻqishdan chetlashtirish, kursda qoldirish pedagogik kengashning qarori va texnikum direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi;

oʻquvchilarni texnikumda oʻqitish taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan oʻzaro hamkorligi asosida quyidagicha amalga oshiriladi:

texnikum oʻquvchilarining muassasa va tashkilotlarda tizimli asosda ishlab chiqarish amaliyot oʻtashi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ish beruvchilarni oʻquv jarayoniga foydalaniladigan oʻquv-normativ hujjatlarni ishlab chiqishga jalb etish;

bevosita ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonlarida ishtirok etishga qodir boʻlgan kadrlarni tayyorlash maqsadida oʻquv jarayoniga innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni qoʻllab, texnikum hamda muassasa va tashkilotlarning oʻzaro yaqin hamkorligini taʼminlash;

oʻquvchilarning oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi;

oʻquv reja va fan dasturlarining barcha talablarini bajargan oʻquvchi texnikum pedagogik kengashining qarori va direktorning buyrugʻi bilan Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlariga qoʻyiladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi;

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi qarori bilan taʼlim olgan mutaxassisligi (kasbi) va egallagan malakasi (malakalari) koʻrsatilgan holda davlat namunasidagi diplom beriladi;

Diplomga oʻzlashtirilgan fanlar roʻyxati, oʻtilgan soatlar hajmi, ularni oʻzlashtirish darajasi (baholar) va Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari koʻrsatilgan qoʻshimcha varaq ilova qilinadi;

texnikumni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom egallangan bilimlarni mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi;

oʻquv jarayoni shakli ilmiy asoslangan innovatsion vosita va oʻqitish usullarini tanlash asosida tashkil etiladi;

oʻquv jarayoniga yoʻnalishlar boʻyicha olim va mutaxassislar jalb qilinadi. Texnikumda oʻqituvchilarning oʻquv-metodik va ilmiy ijod qilishlari uchun sharoit yaratiladi va ragʻbatlantiriladi.